Turonbank tomonidan mijozlar uchun qulay Avtokreditlar taqdim etilmoqda. Endilikda faqat pasportga ham Avtokredit rasmiylashtirish mumkin, quyida ular haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

Keling avval faqat pasportga rasmiylashtirish mumkin kreditlar haqida.

“Imkoniyat” avtokrediti

  • Birlamchi bozor uchun BHMning 3000 baravarigacha
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1500 baravarigacha
  • Yillik – 25,9%
  • Kredit muddati – 4 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 36%

“EcoGreenCar” elektromobillar xarid qilish uchun ajratiladigan avtokredit

  • Birlamchi bozor uchun - BHMning 2000 baravarigacha
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1500 baravarigacha
  • Yillik – 25%
  • Kredit muddati – 4 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 36%

Rasmiy doimiy daromadga ega yaʼni byudjet tashkilotlari xodimlari uchun quyidagi avtokreditlar taqdim etiladi

“Imkoniyat” avtokrediti

  • Birlamchi bozor uchun BHMning 3000 baravarigacha
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1500 baravarigacha
  • Yillik – 24,9%
  • Kredit muddati – 5 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 10%

“EcoGreenCar” elektromobillar xarid qilish uchun ajratiladigan avtokredit

  • Birlamchi bozor uchun - BHMning 2000 baravarigacha
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1500 baravarigacha
  • Yillik – 25%
  • Kredit muddati – 4 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 20%

Avtokredit – 25%

  • Birlamchi bozordagi avtomobillar uchun miqdor belgilanmagan
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1000 baravarigacha
  • Yillik – 25%
  • Kredit muddati – 5 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 25% va undan yuqori

Avtokredit – 24,9%

  • Birlamchi bozordagi avtomobillar uchun miqdor belgilanmagan
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1000 baravarigacha
  • Yillik – 24,9%
  • Kredit muddati – 4 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 20% va undan yuqori

Avtokredit – 26 va 28%

  • Birlamchi bozordagi avtomobillar uchun miqdor belgilanmagan
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 1000 baravarigacha

Bu turdagi avtokreditimizda yillik foiz boshlang‘ich to‘lovning qancha miqdorda to‘lanishiga qarab o‘zgaradi yaʼni quyidagicha:

  • Boshlang‘ich to‘lov 50% bo‘lsa yillik 26%dan
  • Boshlang‘ich to‘lov 40% bo‘lsa yillik 27%dan
  • Boshlang‘ich to‘lov 30% bo‘lsa yillik 28%dan
  • Kredit muddati esa – 3 yil

Bundan tashqari o‘z-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar uchun maxsus va yengil 2,5 tonnagacha avtotransport vositasini sotib olish uchun ham avtokreditlar taqdim etilmoqda.

“AvtoSelf” avtokrediti

  • Birlamchi bozordagi avtomobillar uchun BHMning 1000 baravarigacha
  • Ikkilamchi bozor uchun BHMning 500 baravarigacha
  • Yillik – 25%
  • Kredit muddati – 4 yil
  • Boshlang‘ich to‘lov – 36%