“Turonbank” va Türk Eximbank o‘rtasida ilk muzokaralar!
“Turonbank” ATB xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida Turkiyaning yirik moliyaviy institutlaridan biri — Türk Eximbank vakillari bilan ilk bor muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda moliyaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Bu muloqot ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar eshigini ochib, o‘zaro savdo-sotiq hajmini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Samimiy muhitda o‘tgan uchrashuv yakunida Türk Eximbank vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi — bu ikki tomonlama hurmat va iliq munosabatlarning ifodasi bo‘ldi.
Turonbank xalqaro hamkorlik yo‘lida dadil qadam tashlamoqda.













