Turonbank – VII Toshkent xalqaro marafonida! 

12-13 aprel kunlari poytaxtimiz bahorning eng yirik sport tadbiriga – VII Tashkent International Marathon 2025 musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. 

Ushbu marafonda 11 500 nafar ishtirokchi qatnashmoqda va bu safda Turonbank jamoasi ham faol ishtirok etdi!

Marafon – bu nafaqat sport, balki sog‘lom turmush tarzi, birdamlik va iroda kuchining bayramidir. Turonbank xodimlari har doimgidek jamoaviy ruh, faol hayot tarzi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bilan qatnashmoqda. 

Har bir kilometr – bu o‘z ustimizdan g‘alaba!  
Har bir nafas – bu sog‘lom hayot sari tashlangan qadam!  
Har bir ishtirokchi – jamoamizning faxri!

Turonbank jamoasi doimo faol, sog‘lom va ilhomlantiruvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Marafondagi ishtirokimiz orqali biz barchani sportga, sog‘lom turmush tarziga va harakatga chorlaymiz!

photo_2025-04-13_10-37-24.jpg
photo_2025-04-13_10-37-26.jpg
photo_2025-04-13_10-37-27.jpg
photo_2025-04-13_10-37-28.jpg
photo_2025-04-13_10-37-29.jpg