Joriy yilning 5–7-avgust kunlari “Turonbank” ATB Bosh bank binosida Komplaens nazorat departamenti va Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlari uchun uch kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminar davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, samarali ichki nazorat tizimini tashkil etish hamda shubhali operatsiyalarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, milliy qonunchilik va FATF xalqaro standartlari talablarini amaliyotga tatbiq etish, mijozlarni lozim darajada tekshirish, sanksiyalar, moliyaviy monitoring va komplaens xavflarini minimallashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Mashg‘ulotlarda real va modellashtirilgan keyslar asosida amaliy vaziyatlar tahlil qilindi.
Mazkur o‘quv-seminar ishtirokchilarning komplayens, korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish yo‘nalishlaridagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

















