Turonbankda bu galgi Milliy liboslar kuni odatdagidan butkul boshqacha tarzda o‘tkazildi. Har yili alohida mehr bilan nishonlanadigan bu bayram bu safar tabiat qo‘ynida, yangi formatda – seminar-trening shaklida tashkil etildi.

Xodimlar nafaqat o‘zlarining milliy liboslari bilan o‘ziga xoslik va didni namoyon etdilar, balki ushbu kun doirasida o‘zaro muloqot va rivojlanishga yo‘naltirilgan interaktiv mashg‘ulotlarda ishtirok etdилар. Tabiiy manzara bag‘rida tashkil etilgan treninglarda jamoaviy ishlash, ijobiy muloqot va yetakchilik mavzulari keng yoritildi.

Tadbirning eng zavqli qismi esa — xodimlarning o‘z qo‘llari bilan milliy taomlar tayyorlagan lahzalari bo‘ldi. Do‘stona muhitda tayyorlangan palov, somsa, norin kabi taomlar nafaqat milliy qadriyatlarimizni eslatdi, balki jamoani yanada birlashtirdi.

Bu o‘zgacha kun orqali Turonbank jamoasi nafaqat milliy liboslar go‘zalligini, balki o‘z ildizlariga, an'analariga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

IMG_0624.JPG
IMG_0615.JPG