“Yoshlar bilan ochiq muloqot: ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor” mavzusida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. Tadbirda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi maslahatchisi A.Rasulova, Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi Sh.Qo‘chaqarov, Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori N.Tangniberdiyev hamda Innovatsion va sun’iy intellekt bo‘yicha Boshqaruv Raisi maslahatchisi M.Xalbayev ishtirok etdi.

Ochiq muloqot jarayonida hududlar hamda Bosh bankdan jami 400 nafarga yaqin yosh xodim va yoshlar yetakchilari ZOOM platformasi orqali faol qatnashdi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan 100 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Muhokamalar davomida yoshlarning ta’lim, bandlik, kasbiy rivojlanish, innovatsion g‘oyalar hamda bank tizimidagi faolligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bank tizimidagi o‘rnini mustahkamlash hamda yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Turonbank — yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tarafdori!

photo_10_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_9_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_8_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_7_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_6_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_5_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_4_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_3_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_2_2026-06-11_12-00-24.jpg
photo_1_2026-06-11_12-00-24.jpg