“Turonbank” ATB xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqaga start berildi. Ayni paytda hududlarda saralash bahslari qizg‘in davom etmoqda.
Jizzaxda kechgan bahslarda Sirdaryo jamoasi mezbonlarni mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Shahrisabz jamoasi muvaffaqiyat qozonib, final ishtirokchilari safidan joy oldi.

Toshkent shahrida esa Toshkent shahar BXM va Zangiota BXM jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahs yakunida Toshkent shahar BXM jamoasi g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa xodimlarning sport mahoratini namoyish etish bilan birga, jamoaviy hamjihatlik, sog‘lom raqobat va korporativ ruhni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Saralash o‘yinlari davom etmoqda. Final bosqichida kimlar kuch sinashishi tez orada ma’lum bo‘ladi.
photo_2026-09-21_12-35-02.jpg
photo_2026-09-21_12-35-04.jpg
photo_2026-09-21_12-35-05.jpg
photo_2026-09-21_12-35-06.jpg