Turonbankdan yangi yilga yana-da qulay kreditlar!

33-yildan buyon O‘zbekiston moliya bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib kelayotgan “Turonbank” ATB yangi 2024-yil uchun mijozlariga yana-da qulay kreditlarni taqdim etadi.

Yangi yoki ikkilamchi bozordan uy olmoqchi bo‘lganlar, hovli sotib olish istagida yurganlar yoki uy – joyini rekonstruksiya ya’ni remont qilishni reja qilayotganlar uchun 20-yilgacha bo‘lgan muddatga ipoteka kreditini taklif etadi.

Agarda bu muddat ko‘plik qilsa 10-yilgacha bo‘lgan vaqtga ajratiluvchi yangi “Fayzli maskan” nomli ipoteka krediti ham bor. U orqali siz birlamchi va ikkilamchi bozordan uy sotib olishingiz mumkin. Kreditning maksimal miqdori 600 mln. so‘mgacha.

Zudlik bilan pul kerak bo‘lganda smartfoningizdan PlayMarket yoki Appstorega kirib MyTuron mobil ilovasini yuklang va osongina 33 mln. so‘mgacha onlayn mikroqarz oling.

Naqd pulda mablag‘ kerak bo‘lsa alohida offlayn mikroqarz xizmati ham bor. Hech qanday rasmiy daromadsiz 50 mln. so‘mgacha kredit olib, 4-yil davomida bo‘lib – bo‘lib qaytarishingiz mumkin.

Yangi mebellar sotib olish, maishiy texniki xarid qilish, to‘y marosimlarini o‘tkazish, va boshqa xizmatlardan foydalanishda siz uchun maxsus iste’mol krediti mavjud. U bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha ajratiladi. Ya’ni, bugungi kunda 102 mln. so‘mgacha.

Sizda juda ham ko‘plab savollar bo‘lishi tabiiy. Bizning 1220 qisqa raqamimizga qo‘ng‘iroq qilib aloqa markazi xodimlaridan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Yoki www.turonbank.uz rasmiy saytimizning kreditlar bo‘limidan. Ha aytgancha, bizning komyuniti - menejerlarimiz Turonbankning "Facebook", "Instagram", "Telegram" va "YouTube" dagi sahifalarimizda ham sizning savollaringizga javob berishadi.