Uy-joy olish uchun subsidiya ajratishdagi yangiliklar!

Joriy yil 25-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonda 2025-yil davomida ajratiladigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish va bir qismini subsidiyalar orqali qoplashni ko’zda tutadi. 
“Subsidiya bu davlat tomonidan ajratiladigan, qaytarilmaydigan mablag‘ turi bo‘lib, ipoteka krediti orqali uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki foiz to’lovlarining bir qismini qoplab berishga mo’ljallangan.” 
Hujjatda subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar joriy yilning 3-mart sanasidan 1-noyabr sanasiga qadar qabul qilinishi belgilangan bo’lib, fuqorolar o‘z arizalarini Davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tarzda my.gov.uz rasmiy sayti orqali topshirishlari mumkin. 
Subsidiyalar asosan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj hamda daromadi qonunchilikda belgilangan me’yorlar oralig’ida bo’lgan fuqarolar (viloyatlar uchun 2.7-8 baravar, Toshkent shahri uchun 2.7-9.2baravar) uchun ajratiladi. Subsidiya olishda ariza berish uchun yosh chegarasi esa 18 yoshdan 60 yoshgacha belgilangan. Notarial ishonchnoma talab etilgan holda mehnat migrantlari nomidan oila a’zolari ham ariza berishi mumkin. 
Subsidiyalar uchun arizalar ballik tizim asosida baholanib eng ehtiyojmand fuqorolarga birinchi navbatda ajratiladi. Shuningdek, ariza beruvchi shaxslar faqat o‘zlari ro’yxatdan o’tgan hududi bo’yicha subsidiya olishi mumkin. 

Subsidiya tasdiqlangandan so‘ng ipoteka krediti qanday rasmiylashtiriladi?

Subsidiya olish uchun ariza tasdiqlangandan so‘ng fuqaro Turonbankning o‘ziga yaqin bo‘lgan ofislaridan biriga murojaat qilishi mumkin. Fuqaro Ipoteka krediti uchun ariza topshirgandan so‘ng, Bank tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinsa fuqaroga Ipoteka krediti ajratiladi.
Ipoteka krediti shartlari:  
Kredit miqdori Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda 330 000 000 so'mgacha, Тоshkent shahrida esa 420 000 000 so'mgacha ajratilishi belgilangan.
Kredit 20 yil muddatga, yillik 18 foizdan taqdim etiladi. 
Boshlang‘ich to‘lov esa 15 foiz. 

Eslatma: Subsidiya Davlat tomonidan faqatgina 1 marta beriladi va arizalar tasdiqlangan holda 12 oy ichida ipoteka kreditlarini olish talab etiladi. 

2b6f11a3624f0685211019b1796492a4.jpg