"Turonbank” ATB Samarqand BXMda Milliy liboslar kuni samimiy va qadriyatlar ruhi bilan nishonlandi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning milliy liboslarda faoliyat olib borishi ofisga o‘zgacha ruh, iliqlik va milliylik nafasini olib kirdi.

Xattoki, Tezkor ofisda ham ushbu bayramona holat o‘z aksini topdi – mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar zamonaviylik bilan birga, milliy an’analar ruhi bilan uyg‘unlashib bordi. Atlas, adras, do‘ppilar – bularning bari qadriyatlarimiz timsoli sifatida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada boyitdi.

Bu tashabbus orqali ”Turonbank” ATB jamoasi milliy merosni nafaqat nishonlamoqda, balki uni kundalik xizmat orqali jonli saqlamoqda.

Turonbank – xizmatda ham, qadriyatda ham yaqin!

photo_2025-05-30_12-08-54.jpg
photo_2025-05-30_12-08-53.jpg
photo_2025-05-30_12-08-52.jpg
photo_2025-05-30_12-08-51.jpg
photo_2025-05-30_12-08-50.jpg
photo_2025-05-30_12-08-48.jpg