“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida mahallalarni kompleks o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

O‘rganishlar “Turonbank” ATB Monitoring departamenti direktori S.Jumaniyozov hamda Xorazm BXM rahbari O.Niyozmetov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi. Ishchi guruh Urganch tumanidagi mahallalarda bo‘lib, mahalla yettiligi, ishsiz fuqarolar hamda kichik tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar davomida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Ochiq muloqot va amaliy yondashuv — barqaror taraqqiyotning muhim omili!

photo_6_2026-08-13_12-44-53.jpg
photo_5_2026-08-13_12-44-53.jpg
photo_4_2026-08-13_12-44-53.jpg
photo_3_2026-08-13_12-44-53.jpg
photo_2_2026-08-13_12-44-53.jpg
photo_1_2026-08-13_12-44-53.jpg