Dunyoqarashi keng xodimlardan iborat bankda, mijozlarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham Turonbankda menejmentni rivojlantirish borasida turli usullardan foydalaniladi. Turonbank tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun butun respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan o‘quv treninglarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.
Namangan bank xizmatlari markazi mezbonligida o‘tgan navbatdagi seminar, qiziqarli mavzular, interaktiv amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli baxs-munozaralarga boy tarzda o‘tganligi bilan boshqalardan ajralib turdi.
Ishtirokchilar o‘quv trening davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilimlarini yangilab olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi
- Yangi avtomatlashtirilgan “Colvir” dasturida ishlash
- Taym-menejment va stress vaziyatlardan to‘g‘ri chiqish
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari
- Bank mahsulotlarini ishlab chiqish va sotishda zamonaviy usullardan foydalanish
- O‘zbekiston bank tizimiga oid qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv treninglar yakunida har bir ishtirokchining bilimlari maxsus testlar orqali sinovdan o‘tkaziladi.