Joriy yilning 14-sentabr kuni Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon MFYda “Turonbank” ATB hamda Markaziy bank vakillari, jumladan, Markaziy bank vakili D.Sharipov va “Turonbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i S.Kamilov ishtirokida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli yechimlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqot davomida aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, imtiyozli kreditlardan foydalanish tartibi, mavjud bank xizmatlari hamda “Turonbank“ ATB tomonidan aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullar tomonidan zarur tushuntirishlar berilib, muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularga samarali ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Turonbank — mahallalarda, aholi va tadbirkorlar bilan birga!

photo_9_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_8_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_6_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_5_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_4_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_2_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_1_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_3_2026-10-09_17-40-32.jpg
photo_7_2026-10-09_17-40-32.jpg