Yangi lavozim, yangi mas’uliyat va katta ishonch!

Boyovut tumanida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhim tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Deputatlar qarori bilan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ushbu tayinlov kichik hududdan katta mas’uliyat sari tashlangan navbatdagi qadamdir. Shirin shahrida olib borilgan samarali faoliyat, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish va iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha tajriba endi Boyovut tumanining keng imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Niyoz Xazratqulov bank-moliya sohasida ham boy tajribaga ega bo‘lib, u avval “Turonbank” ATB Sirdaryo BXM rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Bu tajriba hudud iqtisodiyoti va tadbirkorlik muhitini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Niyoz Namazboyevichni yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaymiz va Boyovut tumani taraqqiyoti yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

photo_2026-01-05_15-47-34.jpg