21 Avg 2026
Yangibozor tumanida tanlab olingan tayanch mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimi I.Abdujabborov, “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari T.Axmedov hamda tuman hokimi A.Masharipov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, tayanch mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xonadonbay ishlash orqali ishsiz va kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
“Turonbank” ATB tomonidan tayanch mahallalarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va yangi daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati