Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi Yangiyo‘l MFYda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari T.Axmedov hamda Navoiy BXM rahbari G‘.Nusratov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Tadbirkor bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, mavjud imkoniyatlar va loyihani rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, mahallada qurilishi davom etayotgan savdo do‘koni hamda nonvoychilik faoliyati ko‘zdan kechirilib, loyihalarni o‘z vaqtida yakunlash, faoliyat ko‘lamini kengaytirish va yangi daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bank xizmatlari va moliyaviy ko‘mak yo‘nalishlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Maqsad — har bir tadbirkorning rejasini amaliy loyihaga aylantirish, faoliyatini kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish! Joylarda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar orqali tadbirkorlarning ehtiyojlari bevosita o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq choralar belgilanmoqda.

Turonbank — tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, yangi imkoniyatlar sari birga!

photo_6_2026-10-09_17-49-55.jpg
photo_5_2026-10-09_17-49-55.jpg
photo_4_2026-10-09_17-49-55.jpg
photo_3_2026-10-09_17-49-55.jpg
photo_2_2026-10-09_17-49-55.jpg
photo_1_2026-10-09_17-49-55.jpg