18 Iyul 2026
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Yosh iqtisodchilar oromgohi” loyihasi doirasida 9 ta tijorat banki nomi ostida saralab olingan yoshlar jamoalari o‘rtasida intellektual va jamoaviy musobaqalar o‘tkazildi. Mazkur bahslarda Turonbank yoshlar jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblik munosabati bilan jamoa a’zolari “Turonbank“ ATB rahbariyati tomonidan bankka taklif etildi. Sayohat davomida yoshlar bankning zamonaviy infratuzilmasi, xodimlarga yaratilgan qulayliklar, raqamli xizmatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, ular Turonbank muzeyi va kutubxonasida bo‘lib, bankning boy tarixi, qadriyatlari hamda bilim va ma’rifatga qaratilgan tashabbuslari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir yoshlarning bank-moliya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning moliyaviy savodxonligini mustahkamlash va kelgusidagi kasbiy rivojlanishlari uchun muhim motivatsiya bo‘lib xizmat qildi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati