4 Iyun 2026
Joriy yilning 4-iyun kuni Ohangaron tumanida “Payshanba - Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida “Turonbank” ATB Boshqaruvi Raisi Ch.S.Mirzayev ishsiz yoshlar bilan uchrashib, ularning g‘oya va tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida kurkachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 5 nafar yoshning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Homiylik asosida har bir yoshga 20 donadan yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turuvchi “Bronza-708” zotli kurkalar hamda ularni parvarishlash uchun bir oylik ozuqa zaxirasi topshirildi.
Mazkur amaliy yordam yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishi, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi va barqaror daromad manbaini shakllantirishiga xizmat qiladi. Natijada yoshlar o‘z mehnati evaziga daromad topish, faoliyatini kengaytirish va kelgusida yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
“Turonbank” ATB tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Yoshlar uchun yaratilgan har bir imkoniyat — yurt taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati