18 Iyun 2026
“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev Ustoz AI loyihasi orqali zamonaviy kasblarni o‘rganib, o‘z bilim va faolligi bilan ajralib turgan hamda yig‘gan Ustoz Coinlari hisobiga Boshqaruv Raisi bilan uchrashuv imkoniyatini qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, zamonaviy kasblar hamda kelajakda mehnat bozorida talab yuqori bo‘ladigan yo‘nalishlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, tashabbuskorligi va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi.
Bugungi kunda Ustoz AI platformasi yoshlar uchun zamonaviy kasblarni o‘rganish, yangi ko‘nikmalarni egallash va o‘z salohiyatini rivojlantirish imkonini bermoqda. Platformada professional ustozlar tomonidan tayyorlangan videodarslar orqali amaliy va nazariy bilimlar beriladi. O‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar test topshirib, sertifikatga ega bo‘lishadi. Shuningdek, darslar davomida yig‘ilgan Ustoz Coinlar turli sovg‘alar va eksklyuziv imkoniyatlarni qo‘lga kiritishga xizmat qiladi.
“Turonbank” ATB yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun xizmat qiladigan tashabbuslarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
Bilimga qilingan har bir sarmoya — kelajakka qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati