Joriy yilning 4-iyun kuni “Turonbank” ATB Zangiota BXM binosida “Turonbank” ATBga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi formatida o‘tkazilgan mazkur muloqotda Zangiota tumani hokimi, tegishli tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Muloqot jarayonida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar egallashi hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Turonbank — xalq bilan birga, taraqqiyot yo‘lida!

photo_6_2026-06-11_14-04-30.jpg
photo_5_2026-06-11_14-04-30.jpg
photo_3_2026-06-11_14-04-30.jpg
photo_4_2026-06-11_14-04-30.jpg
photo_2_2026-06-11_14-04-30.jpg
photo_1_2026-06-11_14-04-30.jpg