Omonat haqida
Omonatga pul mablag‘lari naqd va naqd pulsiz shaklda, onlayn turiga esa jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan qabul qilinadi.
Omonatning asosiy saqlash muddati – omonat kiritilgan sananing keyingi kunidan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.
Omonat bo‘yicha boshlang‘ich badal miqdori cheklanmagan.
Omonatga qo‘shimcha minimal 500 000,00 (Besh yuz ming) so‘m mablag‘ kirim qilishga ruxsat etiladi.
Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar mijoz xohishiga ko‘ra har oyda yoki omonat muddati oxirida to‘lanadi. Shuningdek, foizlar mijozning omonat qo‘yish vaqtida yozgan arizasiga asosan har oyda uning plastik kartochkasiga o‘tkazib berilishi mumkin.
Mijoz tomonidan talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi.
Omonatga hisoblangan foizlar omonatga mablag‘ kirim qilingan kunning keyingi kunidan boshlab hisoblanadi.
Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa, to‘liq 1 oydan 3 oygacha saqlangan omonatlar uchun 16 foiz, to‘liq 4 oydan 7 oygacha saqlangan omonatlar uchun 17 foiz, to‘liq 8 oydan 11 oygacha saqlangan omonatlar uchun 18 foiz va to‘liq mudat saqlangan omonatlar uchun 19 foiz pul mablag‘lari to‘lanib beriladi.
"Turonbank" ATB omonat mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi.
Mazkur Qonunga asosan har bir omonatchi uchun kafolatlangan omonat miqdori 200 million so‘m etib belgilangan.
Havola: Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida axborot.
MyTuron mobil ilovasini PlayMarket va Appstore orqali yuklab oling
Omonat shartlari
Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa:
to‘liq 1 oydan 3 oygacha saqlangan oylar uchun 18 foiz;
to‘liq 3 oydan 6 oygacha saqlangan oylar uchun 19 foiz;
to‘liq 6 oydan 12 oygacha saqlangan oylar uchun 20 foiz;
to‘liq muddat saqlangan oylar uchun 21 foiz pul mablag‘lari to‘lab beriladi.
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: doc
"Turonbank" ATB omonat mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi. Omonatlaringiz kafolatlangan!
Mazkur Qonunga asosan har bir omonatchi uchun kafolatlangan omonat miqdori 200 million so‘m etib belgilangan.








