Kredit haqida
| № |
Ko‘rsatkichlari |
Asosiy shartlari |
| 1 | Maqsadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi “Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-sonli Farmoniga asosan aholi tomorqasida eskirgan bog‘larni yangilash ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladi |
| 2 | Kredit valyutasi | Milliy valyuta – so‘mda |
| 3 | Kimlarga ajratiladi | O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lagan jismoniy shaxslarga |
| 4 | Kredit foizi | Yillik 18% |
| 5 | Kredit miqdori | 150 million so‘mdan oshmagan miqdorda |
| 6 | Kredit muddati va imtiyozli davr | 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga |
| 7 |
Kredit ta’minoti |
Ta’minot sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinishi mumkin:
|
| 8 | Ajratish shakli | Oldi-sotdi (ishlarni, xizmatlarni ko‘rsatish) shartnomasiga asosan mahsulot yetkazib beruvchi shaxslarning hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi |
| 9 | Qaytarish usuli | Differensial usulda |
| 10 | Moliyalashtirish manbayi | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan. Kredit mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan resurs mablag‘lari joylashtirish bo‘yicha bosh bitim imzolangandan so‘ng ajratiladi. |
| 11 | Qo‘shimcha shartlar | Mahalla bankiri joyiga chiqqan holda aholi tomorqasida eskirgan bog‘larni yangilash bo‘yicha ko‘chatlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib dastlabki o‘rganishni o‘tkazadi va dalolatnoma rasmiylashtiradi. Mahalla bankiri “Uzagrostar xolding” kompaniyasi muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan aholiga yetkazib berilgan ko‘chatlarning tegishli bog‘larda ekilishini nazorat qiladi va mevali ko‘chatlar ekilishidan boshlab ular hosilga kirguncha yilda 2 marotaba monitoring qilib boradi. |
Kredit shartlari
Format: xlsx
Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechasiyu kunduzi qabul qilinadi va tezda ko'rib chiqiladi.
Onlayn so'rovnoma shaklini to'ldiring. Xodimimiz siz bilan bog'lanib, ro'yxatdan o'tish va berish shartlarini tushuntiradi.








