Omonat haqida
Omonatning asosiy saqlash muddati – omonatchi 18 yoshga to‘lgunga qadar.Yillik stavka Markaziy bank asosiy foiz stavkasi +4%
Omonat bo‘yicha boshlang‘ich badal miqdori 100 000 (bir yuz ming) so‘m.
Omonatga 100 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘ kirim qilishga ruxsat etiladi.
Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar omonat muddati oxirida to‘lanadi.
Foizlar har oy kapitalizatsiya qilinadi, ya’ni har oy hisoblangan foizlar asosiy mablag‘ga qo‘shib boriladi.
Omonatga hisoblangan foizlar omonatga mablag‘ kirim qilingan kunning keyingi kunidan boshlab hisoblanadi.
Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq talab qilib olinsa foizlar to‘lanmaydi.
"Turonbank" ATB omonat mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi.
Mazkur Qonunga asosan har bir omonatchi uchun kafolatlangan omonat miqdori 200 million so‘m etib belgilangan.
Havola: Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida axborot.
Omonat shartlari
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: doc
"Turonbank" ATB omonat mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi. Omonatlaringiz kafolatlangan!
Mazkur Qonunga asosan har bir omonatchi uchun kafolatlangan omonat miqdori 200 million so‘m etib belgilangan.








