· taʼlim krediti olish to‘g‘risida ariza va pasport;
· talaba va oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lsa). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
· bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
· “Ijtimoiy himoya yagona reyestri‘ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri‘ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).
Taʼminot sifatida quyidagilar taqdim etiladi:
· Uchinchi shaxs kafilligi;
· Kredit qaytmasligi xatarini sug‘urtalash bo‘yicha polis;
· Likvidli mol-mulk garovi.
Taʼlim krediti Davlat OTM hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi litsenziyasiga ega xususiy OTMlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.
Qarz olishda talabaning yaqin qarindoshlari (ota, ona, aka, uka, opa, singil, buvisi va bobosi) yoki unga vasiy bo‘lgan shaxs ishtirok etadi.
Foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki asosiy stavkasi bilan bog‘liq. Markaziy Bank asosiy foiz stavkasi pasaygan taqdirda pasayadi, oshganda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Kredit oluvchi (talaba) - kredit rasmiylshtirish uchun ta'lim-krediti.mf.uz saytidan ariza yuborishi kerak.
Uchinchi shaxs kafilligi;
Kredit qaytmasligi xatarini sug'urtalash bo'yicha polis;
Likvidli mol-mulk garovi.