Omonat haqida
Omonatga pul mablag‘lari naqd va naqd pulsiz shaklda, onlayn turiga esa jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan qabul qilinadi.
Omonatning asosiy saqlash muddati – omonat kiritilgan sanadan keyingi kundan boshlab 18 oyni tashkil qiladi.
Omonat bo‘yicha boshlang‘ich badal miqdori 1 000 000 (bir million) so‘m.
Omonatga 500 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘ kirim qilishga ruxsat etiladi.
Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar mijoz xohishiga ko‘ra har oyda yoki omonat muddati oxirida to‘lanadi. Shuningdek, foizlar mijozning omonat qo‘yish vaqtida yozgan arizasiga asosan har oyda uning plastik kartochkasiga o‘tkazib berilishi ham mumkin.
Mijoz tomonidan talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi.
Omonatga hisoblangan foizlar omonatga mablag‘ kirim qilingan kunning keyingi kunidan boshlab hisoblanadi.
Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa:
to‘liq 3 oy uchun foiz to‘lanmaydi;
to‘liq 4 oydan 12 oygacha saqlangan oylar uchun 19 foiz;
to‘liq 13 oydan 18 oygacha saqlangan oylar uchun 20 foiz;
to‘liq muddat saqlangan oylar uchun 22 foiz miqdorda pul mablag‘lari to‘lab beriladi.
Omonat shartlari
to‘liq 3 oy uchun foiz to‘lanmaydi;
to‘liq 4 oydan 12 oygacha saqlangan oylar uchun 19 foiz;
to‘liq 13 oydan 18 oygacha saqlangan oylar uchun 20 foiz;
to‘liq muddat saqlangan oylar uchun 22 foiz miqdorda pul mablag‘lari to‘lab beriladi.
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: doc